Vadimir Zelenskiy Emmanuel Makron bilan G‘arb harbiylarini Ukrainaga yuborish masalasini muhokama qildi.
Ukraina prezidenti bu haqda Fransiya yetakchisi bilan o‘tkazilgan telefon orqali suhbatdan keyin ma’lum qildi.
"Biz Fransiyaning Ukrainaga harbiy kontingentlarni joylashtirish tashabbusini muhokama qildik. Buni amalga oshirish bo‘yicha amaliy qadamlarni, jarayonni kengaytirish va boshqa davlatlarni jalb qilish imkoniyatlarini ko‘rib chiqdik", — dedi Zelenskiy.