Rossiya Ukrainaga hujum qilishni davom ettirmoqda, shu sababli Ukraina qarshi zarbalar beradi, deb ta’kidladi Ukraina prezidenti mahkamasi rahbari Andriy Yermak.
"Rossiya prezidenti Vladimir Putin urushni to‘xtatmaguncha Ukraina javob qaytarishda davom etadi," - deya yozdi Ukraina prezidenti mahkamasi rahbari.
Bundan oldin Ukraina Tashqi ishlar vaziri Andriy Sibiga Kiyev hududlarning yo‘qotilishini tan olish niyatida emasligini ma’lum qilgan edi. Shuningdek, uning so‘zlariga ko‘ra, hech kim uning mamlakatiga NATO yoki Yevropa Ittifoqi kabi "u yoki bu ittifoqlarda" ishtirok etishni taqiqlay olmaydi. Kiyev uchun uchinchi qizil chiziq - Ukraina Qurolli kuchlari sonini cheklashdir.