Bugun 11 iyul, 2025 yil, juma

КИР

Zelenskiy Kellog bilan uchrashuvi natijalarini e’lon qildi

 Zelenskiy Kellog bilan uchrashuvi natijalarini e’lon qildi

Ukraina prezidentining so‘zlariga ko‘ra, uchrashuvda qurol-yarog‘ yetkazib berish va havo mudofaasini kuchaytirish masalalari muhokama qilingan. Shuningdek, AQSh qurollarini xarid qilish, qo‘shma mudofaa korxonalarini tashkil etish va ularni Ukrainada joylashtirish haqida muloqot qilingan.

"Men AQSh prezidentining maxsus vakili Kit Kellogga Rossiyaning energetika sohasiga nisbatan yanada qat’iy cheklovlar, xususan, Rossiya neftini sotib olayotganlarga nisbatan ikkilamchi sanksiyalar joriy etilishi kerakligini aytdim. Shuningdek, Ukraina AQSh Kongressida senatorlar Grem va Blyumentalning qonun loyihasi ilgari surilishiga umid qilayotganini bildirdim", — dedi Zelenskiy.

Kiritildi: 12:07 10.07.2025. O'qildi: 531 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!