Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy harbiy kadrlarni o‘zgartirdi.
Seshanba kuni Zelenskiy Mixaylo Drapatoyni Ukraina Qurolli kuchlari birlashgan kuchlari qo‘mondoni etib, Oleg Apostolni Havo-desant-hujum qo‘shinlari qo‘mondoni, Robert Brovdini uchuvchisiz tizimlar qo‘shinlari qo‘mondoni etib tayinladi.
Shu bilan birga, prezident o‘z farmonlari bilan Mixailo Drapatoyni Ukraina Qurolli Kuchlari quruqlikdagi qo‘shinlari qo‘mondoni, Igor Skibyukni Havo-desant-hujum kuchlari qo‘mondoni, Vadim Suxarevskiyni Ukraina Qurolli kuchlari qo‘shinlari qo‘mondonligi lavozimidan ozod qildi.
Tegishli farmonlar Ukraina prezidenti saytida e’lon qilindi.