Qadimgi dunyoning 7 mo‘’jizasidan biri bo‘lgan – Misr ehromlari, aniqrog‘i Xeops piramidasi qullar tomonidan bunyod etilmagani aytilayotgani ma’lum qilindi.
Misrning sobiq Qadimiy yodgorliklar vaziri va arxeologi Zahi Havasning xabar berishicha, ehromlar yonidan miloddan avvalgi XIII asrga oid ishchilarga tegishli izlar va qabristonlar topilgan.
Havas ushbu faktlar qurilishda qul mehnatidan foydalanilmaganini tasdiqlagan.
"Agar ular qullar bo‘lganida, piramida soyasida dafn etilmas edi", degan arxeolog.