Karimova ishi ortidagi sirlar ochilmoqdami?
BMTning maxsus ishchi guruhi ma’lum qilishicha, Gulnora Karimova 2014 yili O‘zbekistonda ordersiz va asossiz ravishda hibsga olingan. U 18 oy uy qamog‘ida saqlangan, hatto sud jarayoni ham uning oshxonasida o‘tgan.
Karimova firibgarlik va o‘zlashtirish ayblovlari bilan sudlangan. BMT uning huquqlari, jumladan, erkinlik, adolatli sud va aybsizlik prezumpsiyasi buzilganini ta’kidlagan.
Ayni paytda Karimova jazo muddatini Toshkent yaqinidagi koloniyada o‘tamoqda.