Bu haqda Ukraina Oliy Radasi saytida e’lon qilindi.
Ushbu qonunga ko‘ra Ukraina Qurolli kuchlari harbiy qismlari va bo‘linmalari quyidagi maqsadlarda chet elga yuborilishi mumkin:
— Milliy xavfsizlikni ta’minlash uchun;
— Qurolli tajovuzni to‘xtatish uchun;
— Ukrainaning suvereniteti va hududiy yaxlitligini himoya qilish uchun;
— BMT Nizomining 51-moddasiga muvofiq o‘zini himoya qilish huquqini amalga oshirish uchun.
Hujjatda shuningdek, prezidentning qarori Oliy Rada tomonidan tasdiqlanishi kerakligi qayd etilgan.
Qayd etish joizki, ushbu qonun qabul qilinishidan avval ham ukrainalik askarlar Yevropa va AQShda harbiy tayyorgarlik mashg‘ulotlarini o‘tkazib kelayotgan edi.