Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy xavfsizlik ta’minlansa va qonunchilikka zarur o‘zgartirishlar kiritilsa, harbiy holat davrida saylovlar o‘tkazilishini qo‘llab-quvvatlashga tayyorligini bildirdi.
Bu haqda Zelenskiy jurnalistlar bilan uchrashuvda aytib o‘tdi.
Zelenskiyning ta’kidlashicha, Qo‘shma Shtatlar tegishli signal yuborgan, biroq Kiyev o‘z kuchsizligini ko‘rsatmasligi yoki saylovlar bo‘lmaganida manipulyasiya uchun asos bermasligi kerak: “Shuning uchun men, albatta, saylovlar tarafdoriman. Eng muhimi, ular qonuniy tarzda o‘tkazilishi”.
Uning ta’kidlashicha, xalqaro hamkorlar ovoz berish uchun xavfsiz sharoitlarni ta’minlashga yordam berishi mumkin.
“Men parlament a’zolaridan harbiy holat davrida saylov o‘tkazishga ruxsat beruvchi qonunchilikka o‘zgartirishlar tayyorlashni so‘radim.
Zelenskiy urushni tugatish va Ukrainaning mustahkam pozisiyasini saqlab qolish asosiy ustuvorlik bo‘lib qolayotganini, biroq saylov masalasi birgalikda ko‘rib chiqishni talab qilishini ta’kidladi.
"Ikkita muhim narsa bor: xavfsizlik va qonunchilik. Mening Ukraina hamkorlariga ham, Ukraina parlamentiga ham iltimosim shuki, bu ikkala muammoni qanday hal qilish mumkinligini ko‘rsating", - dedi u.