Bugun 18 iyul, 2025 yil, juma

КИР

Zelenskiy Germaniya va Norvegiya Ukraina uchun Patriot sotib olishini tasdiqladi

Zelenskiy Germaniya va Norvegiya Ukraina uchun Patriot sotib olishini tasdiqladi

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Germaniya va Norvegiya Ukraina uchun Patriot raketaga qarshi raketa tizimlarini sotib olishini tasdiqladi.

U bu haqda o‘zining "Telegram" kanalida e’lon qilingan kechki murojaatida ma’lum qilgan.

"Men jamoamizdan minnatdorman, AQSH, Germaniya va Norvegiyaga Ukraina uchun yangi Patriot qarorini tayyorlaganliklari uchun rahmat" - dedi u.

Germaniya ikkita Patriot, Norvegiya bittasi uchun pul to‘lashga tayyorligi ta’kidlandi.

Eslatib o‘tamiz, 14 iyul kuni AQSh prezidenti Donald Tramp AQShdan keladigan yangi qurol-yarog‘lar orasida Patriot havo mudofaa tizimi ham bo‘lishini aytgan edi. Unga ko‘ra, 17 ta ana shunday komplekslarni yetkazib berish imkoniyati ko‘rib chiqilmoqda.

Kiritildi: 09:10 15.07.2025. O'qildi: 507 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!