Bugun 10 aprel, 2025 yil, payshanba

КИР

Zelenskiy G‘arbni Ukrainaga ko‘proq Patriot havo hujumidan mudofaa tizimlarini berishga chaqirdi

Zelenskiy G‘arbni Ukrainaga ko‘proq Patriot havo hujumidan mudofaa tizimlarini berishga chaqirdi

Ukraina prezidenti bu haqda o‘zining kechki murojaatida bayon qildi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, bu masala yaqinda o‘tkaziladigan “Ramshteyn” formatidagi uchrashuvda mudofaa va tashqi ishlar vazirlari tomonidan muhokama qilinadi.

Biroq Vashington ushbu yig‘ilishda ishtirok etmasligini bildirgan. Shu sababli, Zelenskiy rasmiylarga havo hujumidan mudofaa masalasida AQSh bilan ikki tomonlama asosda ishlashga topshiriq berganini aytdi. Prezident, shuningdek, Ukrainada havo hujumidan mudofaa tizimlari ishlab chiqarilishini yo‘lga qo‘yish masalasini ham tilga oldi.

"Agar dengizda o‘t ochishni to‘xtatish bitimi imzolanganida edi, Rossiya Qora dengiz akvatoriyasidan “Kalibr” raketalari bilan zarba bera olmagan bo‘lardi", — deya qo‘shimcha qildi Zelenskiy.

Kiritildi: 20:55 06.04.2025. O'qildi: 905 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!