Agentlikka ko‘ra, Ukraina rasmiylari safarbarlikda noroziliklariga duch kelayotgan bir vaqtda, yangi jangchilar tanqisligini kamaytirish va ko‘proq ko‘ngillilarni shartnoma tuzishga undash maqsadida shu yo‘lni tanlamoqda.
"Avvallari yevropaliklar bizning harbiylarimizning maoshi uchun mablag‘ ajratishdan bosh tortishgan, faqat qurol uchun yordam berishgan. Ukraina harbiylari butun Yevropani himoya qiluvchi qurolga aylanishi mumkin", — dedi Zelenskiy 24 iyul kuni Kiyevda jurnalistlar bilan uchrashuvda.
Bloomberg'ning qayd etishicha, harbiy xizmatchilar maoshining oshirilishi Ukraina davlat byudjetiga qo‘shimcha bosim yaratadi. Mamlakat byudjeti 2024 yilda YAIMning 20 foizidan ko‘prog‘ini tashkil etuvchi kamomadga duch kelgan.