Ukraina prezidentining bayonotlarini Reuters va AFP agentliklari keltirmoqda:
◾️ Rossiya prezidenti Ukrainada to‘laqonli otashkesim taklifini amalda rad etdi;
◾️ Energetika infratuzilmasiga hujumlarni 30 kunga to‘xtatish taklifini qo‘llab-quvvatlaymiz, biroq bu borada AQShdan ko‘proq tafsilotlarni bilishni xohladi;
◾️ Kiyevning hamkorlari Ukrainaga harbiy yordam ko‘rsatishni to‘xtatmaydi. Putinning Ukrainaga yordam bermaslik talablari bizni kuchsizlantirishga qaratilgan;
◾️ Ukraina uzoq muddatli, barqaror va adolatli tinchlikka olib keladigan har qanday taklifni qo‘llab-quvvatlaydi;
◾️ Rossiya Ukrainaning Sumi viloyati bilan chegarada kuch to‘playotganini ko‘rib turibmiz. Shuningdek, RF Qurolli kuchlari Xarkov va Zaporoje yo‘nalishlarida hujumga tayyorgarlik ko‘ryapti va Ukrainaga maksimal bosim o‘tkazishga intilyapti;
◾️ Ukraina Qurolli kuchlari Kursk viloyati hududida harbiy harakatlarni davom ettiradi;
◾️ Ukrainasiz Ukraina bo‘yicha muzokaralar o‘tkazish natija bermaydi;
◾️ Rossiya tomonidan haqiqiy "yaxshi niyatli harakat" barcha ukrainalik asirlarini ozod qilish bo‘lardi;
◾️ Rossiya Ukrainaning energetika infratuzilmasiga 30 kun davomida hujum qilmaslik to‘g‘risida e’lon qilgan kelishuviga qaramay, bugun tunda yana infratuzilma ob’ektlarimizga zarba berdi;
◾️ Putin tomonidan e’lon qilingan shartlar Rossiyaning urushni yakunlashga "tayyor emasligini" ko‘rsatadi.