"Oq uyda prezidenti Vladimir Zelenskiyning tashrifi chog‘ida yuzaga kelgan tortishuv Ukrainaga bosim o‘tkazish uchun rejalashtirilgan strategiyasining qismi edi", — deya ma’lum qildi AQSh prezidenti.
"Ukrainadagi urushda ko‘p odamlar halok bo‘lyapti, biz Kiyevni to‘g‘ri yo‘lda harakat qilishga majbur qilishimiz kerak edi. Bu oson vaziyat emasdi. Hozirda Ukraina to‘g‘ri yo‘lda harakatlanmoqda va biz tinchlik kelishuviga erishishga harakat qilyapmiz", — deya qo‘shimcha qildi Tramp.
Bundan tashqari, “Ukrainskaya pravda”ning xabar berishicha, Tramp Ukrainaga qurol-yarog‘ va razvedka ma’lumotlarini yetkazib berishni to‘xtatish qarorning Kursk viloyatidagi ukrain armiyasiga hech qanday ta’siri bo‘lmaganini aytdi.