Bugun 16 dekabr, 2025 yil, seshanba

КИР

Zelenskiy Berlinda AQSh va Yevropa vakillari bilan uchrashuv o‘tkazadi — Associated Press

Zelenskiy Berlinda AQSh va Yevropa vakillari bilan uchrashuv o‘tkazadi — Associated Press

Agentlikning xabar berishicha, AQSh prezidenti Donald Trampning maxsus vakili Stiv Uitkoff hamda kuyovi Jared Kushner allaqachon Germaniya poytaxtiga yetib borgan.

Oq uy ham Uitkoff Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy va bir qator yevropalik yetakchilar bilan uchrashishni rejalashtirayotganini tasdiqladi.

Bild manbalariga ko‘ra, avval AQSh va Ukraina yetakchilarining tashqi siyosat bo‘yicha maslahatchilari o‘rtasida muzokaralar o‘tkaziladi.

"Eng muhimi, men prezident Trampning vakillari bilan uchrashaman. Shuningdek, yevropalik hamkorlarimiz bilan urushni to‘xtatishga doir siyosiy kelishuv, ya’ni tinchlik asoslari masalasida uchrashuvlar bo‘ladi. Shu bilan birga, u hozir Ukraina­dagi urushni yakunlash imkoniyati “sezilarli darajada yuqori", — deya ma’lum qildi Zelenskiy.

Kiritildi: 16:35 14.12.2025. O'qildi: 602 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!