Bugun 25 fevral, 2025 yil, seshanba

КИР

Zelenskiy: "Ba’zilar Rossiyaning hamtovoqiga aylandi"

Zelenskiy: "Ba’zilar Rossiyaning hamtovoqiga aylandi"

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Kiyevda o‘tkazilayotgan Ukrainani qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha xalqaro sammitda Ukraina, Yevropa va AQSh Rossiyaga qarshi muzokaralar stolida o‘tirishi lozimligini bildirdi.

Ukraina rahbarining ta’kidlashicha, bu "tinchlik zaruriyati yana normallashuv, munosabatlarni qayta yo‘lga qo‘yish yoki yarashish va’dalari bilan chetga surib qo‘yilmasligi" uchun kerak.

Zelenskiy, shuningdek, "ayrimlar Rossiya Federasiyasining urushdagi sherigiga aylanganini va bu kimsalar qandaydir pul topishi mumkin, ammo hech qachon hurmat qozonolmasligini" aytib o‘tdi.

"Biz tinchlikka kuch va donolik bilan erishishimiz lozim, Rossiyaga ishonch yo‘q," - dedi Ukraina prezidenti.

Kiritildi: 22:50 24.02.2025. O'qildi: 1849 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!