Bugun 4 may, 2025 yil, yakshanba

КИР

Zelenskiy AQSh bilan xomashyo kelishuvini adolatli deb hisoblaydi

Zelenskiy AQSh bilan xomashyo kelishuvini adolatli deb hisoblaydi

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy AQSh bilan xomashyo kelishuvi haqidagi birinchi bayonotida bu teng va adolatli kelishuv ekanini ta’kidladi:

“Bu Amerika bilan hamkorlikda va adolatli shartlarda ish bo‘ladi, bunda Ukraina davlati ham, bizga mudofaa sohasida yordam berayotgan AQSh ham hamkorlikda pul ishlashlari mumkin”, — deb yozdi u Telegram’da.

Zelenskiy, shuningdek, kelishuv uning AQSh prezidenti Donald Tramp bilan Vatikanda Rim papasi Fransisning dafn marosimi fonida o‘tkazgan uchrashuvining birinchi natijasi ekanligini ta’kidladi:

"Biz AQSh prezidenti, Donald Tramp bilan kelishuv tuzishga tayyorligimiz haqida gaplashdik - Vatikandagi uchrashuvda gaplashdik. Darhaqiqat, biz hozir Vatikan uchrashuvining birinchi natijasini oldik, bu esa uni chinakam tarixiy qiladi. Biz suhbatimizning boshqa natijalarini ham sabrsizlik bilan kutmoqdamiz".

Kiritildi: 15:41 02.05.2025. O'qildi: 418 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!