Zelenskiy Anqarada avval Erdo‘g‘an bilan uchrashadi, so‘ng Rossiya bilan muzokaralar borasida qaror qabul qiladi.
Bu haqida AFP xabar qildi.
"Ukraina yetakchisi Volodimir Zelenskiy Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an bilan Anqarada uchrashishni rejalashtirmoqda va faqat shundan so‘ng Rossiya bilan muzokaralarda qanday qadamlar tashlash bo‘yicha qaror qabul qiladi", deb xabar bermoqda agentlik yuqori martabali manbaga tayanib.