Bugun 5 may, 2026 yil, seshanba

КИР

Zelenskiy 6 maydan boshlab otashkesim sulhi kuchga kirishini e’lon qildi

Zelenskiy 6 maydan boshlab otashkesim sulhi kuchga kirishini e’lon qildi

Shu tariqa u Putin tomonidan 8—9 may kunlari uchun e’lon qilingan sulhga javob qaytardi.

"Biz inson hayotini har qanday bayramdan ko‘ra beqiyos darajada yuqori qadriyat deb hisoblaymiz. Shu munosabat bilan, 5 maydan 6 mayga o‘tar kechasi soat 00:00 dan boshlab sukunat rejimi e’lon qilamiz. Ko‘rsatilgan vaqtdan boshlab biz ham shunga muvofiq harakat qilamiz. Rossiya rahbarlari o‘z urushlarini tugatish uchun real qadamlar tashlaydigan vaqt keldi", — deb yozdi Ukraina yetakchisi Telegram'da.

Shuningdek, u Ukrainaga Rossiya tomonidan “jangovar harakatlarni to‘xtatish tartibi” bo‘yicha rasmiy murojaatlar kelib tushmaganini qo‘shimcha qildi.

Kiritildi: Bugun 12:45. O'qildi: 447 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!