Vladimir Zelenskiyning Gruziyaga qarshi sanksiyalar tayyorlash to‘g‘risidagi qarori uning g‘azabi bilan bog‘liq, chunki Tbilisi Ukraina ssenariysi takrorlanishiga yo‘l qo‘ymaslikka o‘zida kuch topa oldi, deb ta’kidladi Rossiya TIV rasmiy vakili Mariya Zaxarova.
«O‘z xalqini xarob qilgan yaramas... Ehtimol, Gruziya Ukraina ssenariysidan voz kechishga o‘zida kuch topganidan g‘azabga mingandir,» - deb yozdi u o‘zining Telegram kanalida.