Rossiya Tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakili Mariya Zaxarovaning aytishicha, Vashington va NATOning Rossiyaga qarshi boshlagan gibrid urushi yadroviy kuchlar to‘qnashuviga olib kelishi mumkin.
Zaxarovaning ta’kidlashicha, AQSh va NATO Rossiya xavfsizligi manfaatlariga zarar yetkazish uchun postsovet hududini o‘zlashtirishga harakat qilgan. Ular orqaga chekingan va keyin gibrid urushni boshlagan.
«Bunday harakatlar yadroviy kuchlar o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri to‘qnashuvga olib kelishi mumkin», dedi Zaxarova.