Bugun 27 may, 2026 yil, chorshanba

КИР

Zarafshonda xotinini bo‘g‘ib o‘ldirgan er 10 yilga qamaldi

A A A
Zarafshonda xotinini bo‘g‘ib o‘ldirgan er 10 yilga qamaldi

2019 yilning 26 fevralida jinoyat ishlari bo‘yicha Zarafshon shahar sudida turmush o‘rtog‘ini qasddan o‘ldirgan sudlanuvchi I.Olimovga (ism-familiyalar o‘zgartirilgan) nisbatan jinoyat ishi ko‘rib chiqildi.

Sudlanuvchi I.Olimov turmush o‘rtog‘i (marhuma) K.Amirova bilan o‘rtalarida 2017 yil 23 avgust kuni, 2018 yil 26 aprel kuni bo‘lib o‘tgan oilaviy janjallar oqibatida mahalla fuqarolar yig‘ini, shahar Xotin-qizlar qo‘mitasi va profilaktika inspektori tomonidan bir necha bor muhokama qilinib, ogohlantirilgani va ma’muriy sud tomonidan tegishli jazo choralari qo‘llanilganiga qaramasdan, o‘rtalarida davom etib kelayotgan janjal, rashk, yaqin qarindoshlarini haqoratlash, oilaviy nizo va boshqa arzimas sabablar tufayli kelishmovchiliklar davom etib kelgan.

I.Olimov 2018 yil 14 noyabr kuni soat 14:30larda Zarafshon shahri, 2-kichik tumanida turmush o‘rtog‘i K.Amirova bilan mol-mulkni bo‘lish, nikohni bekor qilish, aliment va o‘zaro bir-birlarining yaqin qarindoshlarini qo‘pol so‘zlar bilan haqoratlash bilan janjallashgan. Oqibatda I.Olimov mast holatda turmush o‘rtog‘ini bo‘g‘ib, qasddan o‘ldirgan.

Sud-tibbiy ekspertizasining xulosasiga ko‘ra, marhumaning o‘limiga bo‘yin a’zolarining qo‘l barmoqlari bilan qisilishi natijasida yuzaga kelgan mexanik asfiksiya sabab bo‘lgan.

Sudlanuvchi I.Olimov sudda aybiga iqrorlik bildirib, o‘rtalarida uch nafar farzandi borligini, xotini u topib kelgan pullarga qanoat qilmasdan janjal chiqarganligini, u mahalla faollari, ichki ishlar xodimlari va shahar xotin-qizlar qo‘mitasidan doimiy ravishda oilasini saqlab qolishga yordam so‘raganligini, lekin unga hech kim yordam bermaganligini, qilmishiga chin ko‘ngildan pushaymonligini inobatga olib, unga nisbatan qonuniy yengillik berish to‘g‘risida ko‘rsatuv berdi.

Afsuski, sudlanuvchi qancha yalinmasin, endi uning turmush o‘rtog‘ini hayotga qaytarib bo‘lmaydi. Sodir etilgan jinoyat esa jazosiz qolmaydi.

O‘zA ma’lum qilishicha, sud sudlanuvchi I.Olimovni qasddan odam o‘ldirish jinoyati bilan aybdor deb topib, 10 yil muddatga ozodlikdan mahrum qildi.

Kiritildi: 12:09 07.03.2019. O'qildi: 1463 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!