Bugun 18 may, 2026 yil, dushanba

КИР

“Zarafshon” milliy bog‘iga o‘t ketdi

A A A
“Zarafshon” milliy bog‘iga o‘t ketdi

Kecha, 29 iyun kuni soat 13:15 da Jomboy tumani "Zarafshon" Milliy tabiat bog‘iga qarashli o‘rmonda yong‘in sodir bo‘layotganligi to‘g‘risida tuman FV bo‘limiga xabar kelib tushgan.

Yong‘in joyiga soat 13:27 da yetib borilib, soat 14:40 da qurshab olingan va hodisa soat 17:00 da bartaraf etilgan.

Yong‘inni bartaraf etishga Samarqand viloyati FVBning 6 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji jalb etilgani aytilmoqda.

"Hodisa oqibatida tan jarohati olgan va halok bo‘lganlar yo‘q. Samarqand viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqaramasi o‘z navbatida aholidan yong‘in xavfsizligi qoidalariga rioya etishni so‘rab qoladi",-deyiladi xabarda.

Ma’lumotga ko‘ra, hozirda voqea sababi va moddiy zarari aniqlanmoqda.

Kiritildi: 05:00 30.06.2022. O'qildi: 2830 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!