Bugun 20 dekabr, 2025 yil, shanba

КИР

Zaporojye AESda yadroviy xavf yuz berishi mumkin

Zaporojye AESda yadroviy xavf yuz berishi mumkin

MAGATE ma’lumotiga ko‘ra, Zaporojye atom elektr stansiyasida yadroviy falokat yuz berishi mumkin. Sababi — stansiya bir haftadan beri tashqi elektr tarmog‘idan to‘liq uzilgan va hozircha faqat zaxira dizel generatorlari hisobidan ishlamoqda. Yoqilg‘i zaxirasi esa atigi 10 kunga yetishi aytilmoqda.

Bu oxirgi uch yildagi eng uzoq davom etgan blekaut hisoblanadi.

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy vaziyatni «kritik» deb atadi. Uning so‘zlariga ko‘ra, generatorlardan biri ishdan chiqqan, elektr liniyalarini ta’mirlash esa doimiy o‘t ochish sababli imkoni yo‘q. «Bu hamma uchun tahdid. Dunyoda haligacha hech bir terrorist atom stansiyasida Rossiya qilayotgandek harakat qilmagan».

EI va MAGATE rahbari Rafael Grossi stansiya atrofidagi harbiy harakatlarni darhol to‘xtatish va elektr ta’minotini tiklashga chaqirdi.

Kiritildi: 23:05 02.10.2025. O'qildi: 2307 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!