Davlat xavfsizlik xizmatining Toshkent viloyati bo‘yicha boshqarmasi hamda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti hamkorligida Zangiota tumanida tezkor tadbir o‘tkazildi.
Unda Toshkent shahrida yashovchi, 1996 y.t. shaxs sifatini tasdiqlovchi hujjatlari bo‘lmagan 9 500 dona «Menavazin», 1 300 dona «Gliserin» va 2 000 dona «Metralin» dori vositalari hamda infuzion eritmalar quyish uchun mo‘ljallangan 56 880 dona sistema tibbiy buyumlarini jami 9700 AQSh dollari va 2 mln 550 ming so‘mga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Tekshiruv davomida «Gliserin» suyuqligi qo‘lbola usulda tayyorlanib, qadoqlanganligi ma’lum bo‘lgan.
Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi «Farmasevtika mahsulotlari xavfsizligi» davlat markazining tegishli xulosasiga ko‘ra, mazkur tibbiy dori vositalari va buyumlarini respublika hududida sotish, tashish va amaliyotda qo‘llash taqiqlanadi.
Holat yuzasidan mazkur fuqaroga nisbatan Jinoyat Kodeksining 1863-moddasi 2-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, qamoq ehtiyot chorasi qo‘llanildi. Tergov harakatlari olib borilmoqda, deyiladi xabarda.