Bugun 7 may, 2024 yil, seshanba

КИР

Z ta hududda valyuta qimmatliklarini noqonuniy muomalaga kiritilishining oldi olindi

Z ta hududda valyuta qimmatliklarini noqonuniy muomalaga kiritilishining oldi olindi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Yangiyo‘l tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tadbirda, “Farovon” to‘yxonasi oldida valyuta qimmatliklarini noqonuniy muomalaga kiritish faoliyati bilan shug‘ullanib kelgan fuqaro D.D. jami 3 500 AQSh dollarini fuqaro G‘.ga 38,1 mln so‘mga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Shu kabi, Departamentning Kegeyli tuman bo‘limi tomonidan IIV xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda, Nukus shahridagi savdo majmuasi avtoturargohi oldida valyuta qimmatliklarini noqonuniy muomalaga kiritish faoliyati bilan shug‘ullanib kelgan fuqaro R.M. jami 3 300 AQSh dollarini fuqaro D.ga 35,4 mln so‘mga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Shuningdek, Andijon viloyat boshqarmasi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda, Baliqchi tumanida valyuta qimmatliklarini noqonuniy muomalaga kiritish faoliyati bilan shug‘ullanib kelgan fuqaro S.T. jami 3 100 AQSh dollarini fuqaro Q.ga 33,7 mln so‘mga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 177-moddasi (valyuta qimmatliklarini qonunga xilof ravishda olish yoki o‘tkazish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Kiritildi: 15:25 30.06.2022. O'qildi: 1612 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!