Bugun 27 dekabr, 2024 yil, juma

КИР

Yurtimizning 4 ta viloyatida advokatlarning noqonuniy qilmishlari fosh etildi

Yurtimizning 4 ta viloyatida advokatlarning noqonuniy qilmishlari fosh etildi

Davlat xavfsizlik xizmati va Bosh prokuratura huzuridagi Departament xodimlari tomonidan joylarda o‘tkazilgan tezkor tadbirlar davomida bir nechta advokatlarning noqonuniy harakatlariga chek qo‘yildi.

Jumladan, JIB Dehqonobod tuman sudida ko‘rilayotgan jinoyat ishidagi ayblanuvchiga nisbatan ozodlikdan mahrum qilish bilan bog‘liq bo‘lmagan jazo tayinlanishida sud tizimidagi tanishlari orqali yordam berish evaziga 4 ming AQSh dollari olgan vaqtida mazkur tumanda faoliyat yurituvchi advokatlik byurosi advokati D.A. ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

Karmana tumanida o‘tkazilgan tezkor tadbirda esa Navoiy shahrida faoliyat yurituvchi advokatlik firmasi advokati X.A. Jinoyat Kodeksining 246 va 273-moddalari bilan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi bo‘yicha ayblanuvchiga nisbatan mansabdor tanishlari orqali yengil jazo tayinlatib, uni ozodlikka chiqartirib berish evaziga 20 mln. so‘m va 500 AQSh dollari olgan vaqtida ushlandi.

Vobkent tumanida kuzatilgan holatda, mahalliy advokatlik byurosi advokati N.G‘. Jinoyat Kodeksining tegishli moddalari bilan aybdor deb topilgan fuqaroga nisbatan mazkur tuman sudining 3 yil 6 oy muddatga ozodlikni cheklash bo‘yicha chiqargan hukmini o‘zining mansabdor tanishlari orqali 1 yil 2 oy muddatda yakunlatib berish evaziga 1200 AQSh dollari olgan vaqtida ushlandi.

Qarshi shahrida faoliyat yurituvchi advokatlik firmasining muqaddam sudlangan advokati B.A. ham fuqarolik ishlari bo‘yicha tumanlararo sudda ko‘rib chiqilayotgan er-xotin o‘rtasidagi nikohni vakolatli tanishlari orqali bekor qildirib berish evaziga 1100 AQSh dollari olgan vaqtida ushlandi.

Shirin shahrida faoliyat yurituvchi advokatlik firmasi advokati B.Q. Jinoyat Kodeksining 270-moddasi 2-qismi “a” bandi bilan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi bo‘yicha ayblanuvchiga nisbatan ozodlikdan mahrum qilish bilan bog‘liq bo‘lmagan jazo tayinlanishida sud organlaridagi mansabdor tanishlari orqali yordam berish evaziga 800 AQSh dollari va 2,5 mln. so‘m olgan vaqtida ushlandi.

Hozirda mazkur advokatlarga nisbatan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Kiritildi: 16:43 04.11.2024. O'qildi: 1167 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!