Bugun 18 noyabr, 2024 yil, dushanba

КИР

Yurtimizda elektr tarmoqlariga noqonuniy ulanish holatlari fosh etildi

Yurtimizda elektr tarmoqlariga noqonuniy ulanish holatlari fosh etildi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Muborak va Koson tumani bo‘limlari tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvlarda ushbu tumanlarda faoliyat yurituvchi “O.”, “Yo.K.” hamda “O.B.” fermer xo‘jaliklari mas’ul shaxslari tijorat maqsadida elektr suv nasoslarini umumiy foydalanishdagi tarmoqqa o‘zboshimchalik bilan ulab, jami 413,1 mln so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganliklari aniqlangan.

Shu kabi, Departamentning Namangan viloyati boshqarmasi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda “S.S.” xususi korxonasi rahbari B.M. elektr tarmoqlari korxonasi bilan shartnoma tuzmasdan, umumiy foydalanishdagi elektr tarmog‘iga o‘zboshimchalik bilan ulanib, jami 148,1 mln. so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganligi aniqlangan.

Departamentning Termiz shahri bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda YATT J.M. tijorat maqsadida umumiy foydalanish elektr tarmog‘iga ulanib, 110,6 mln so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganligi aniqlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (o‘g‘rilik) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Kiritildi: Bugun 12:10. O'qildi: 324 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!