Bugun 18 oktyabr, 2024 yil, juma

КИР

Yurtimizda 10 ta yangi xalqaro avtobus yo‘nalishi ochilishi kutilmoqda

Yurtimizda 10 ta yangi xalqaro avtobus yo‘nalishi ochilishi kutilmoqda

O‘zbekistonda 2024 yilda 10 ta yangi xalqaro avtobus yo‘nalishi ochilishi rejalashtirilgan. Bu haqda Transport vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Quyidagi xalqaro avtobus yo‘nalishlari ochilishi kutilmoqda:

  • Samarqand—Bishkek;
  • Buxoro—Bishkek;
  • Buxoro—Ostona;
  • Samarqand—Turkiston;
  • Buxoro—Turkiston;
  • Shahrisabz—Turkiston;
  • Samarqand—Dushanbe;
  • Buxoro—Dushanbe;
  • Toshkent—Ufa;
  • Toshkent—Krasnodar.

Vazirlik axborotiga ko‘ra, bugungi kunda jami 32 ta milliy va xorijiy tashuvchilar tomonidan Rossiya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston va Tojikistonga 37 ta yo‘nalish bo‘yicha jami 196 ta avtobuslar qatnovi yo‘lga qo‘yilgan.

2024 yil yanvar—aprel oylari davomida xalqaro avtobus yo‘nalishlarida 173 ming nafar yo‘lovchi tashilgan. Ko‘rsatkichlar 2023 yil mos davriga nisbatan 15 foizga oshgan.

Kiritildi: 17:06 13.05.2024. O'qildi: 1134 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!