Bugun 18 oktyabr, 2024 yil, juma

КИР

SSKA futbolchisi: «Abbosbek Fayzullayev Yevropaga ketadi»

SSKA futbolchisi: «Abbosbek Fayzullayev Yevropaga ketadi»

“SSKA” hujumchisi Tamerlan Musayev jamoadoshi, o‘zbekistonlik futbolchi Abbosbek Fayzullayev haqida o‘z fikrlarini bildirdi.

“Jamoaga kelgan paytimda, Fayzullayev terma jamoa bilan birga edi. Birinchi mashg‘ulotimizdayoq u ajoyib harakatlari bilan meni lol qoldirgandi. U Yevropaga ketishiga 100% aminman”, — deydi Musayev.

Eslatib o‘tamiz, Abbosbek 14 oktyabr kuni “SSKA”da sentyabr oyining eng yaxshi futbolchisi deb topilgandi. O‘tgan oyda futbolchi klub safida barcha musobaqalarda 5 ta o‘yinda maydonga tushib, 2 ta gol va 3 ta golli uzatmaga mualliflik qilgandi.

Abbosbekning moskvaliklar bilan amaldagi shartnomasi 2026 yil yoziga qadar mo‘ljallangan. Transfermarkt portaliga ko‘ra, Fayzullayevning transfer narxi 6 million yevroni tashkil etadi.

Kiritildi: 09:00 17.10.2024. O'qildi: 1857 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!