Bugun 30 oktyabr, 2024 yil, chorshanba

КИР

Yuqumli kasallikka chalingan bemorlarning elektron monitoringi ishga tushirildi

Yuqumli kasallikka chalingan bemorlarning elektron monitoringi ishga tushirildi

Sanepidqo‘mita axborot xizmati rahbari Maftuna Saidova AOKAda o‘tkazilgan brifingda Sanitariya-epidemiologiya sohasida olib borilayotgan raqamlashtirish ishlari haqida gapirib berdi.

Uning ta’kidlashicha, an’anaviy axborot almashinish tizimi orqali ma’lumotlarni yig‘ilishi, qayta ishlanishi va javob choralarining joylarga ko‘rsatma orqali yetkazilishi 12 soatdan 48 soatgacha vaqtni egallaydi. Yuqumli kasallikka chalingan bir nafar bemor bu vaqt ichida kamida 2-3 nafar sog‘lom odam bilan muloqot qiladi, oqibatda ushbu sog‘lom shaxslarni kasallikning yashirin davri muddati davomida tibbiy nazoratga olish va karantin choralarini belgilashga zarurat tug‘iladi.

"Yuqumli kasalliklar elektron monitoringida esa axborotni tezkor va sifatli axborotlar yetkazilishi ta’minlanadi bu esa yuqumli va o‘ta xavfli yuqumli kasalliklarni o‘z vaqtida bartaraf etish va tarqalib ketishini oldini olishga xizmat qiladi", deydi Maftuna Saidova.

Qo‘shimcha qilinishicha, Elektron vaksina logistikasini boshqarish tizimi ishga tushirilgan. Bu vaksinalarni viloyatlarga yuborish, viloyatlardan tumanlarga, tumanlardan esa davolash-profilaktika muassasalariga vaksinalarni sifatli va sovuqlik zanjiriga rioya qilgan holda yetkazilishini kuzatishga imkon beradi

Yana bir elektron tizim — Laboratoriya axborot tizimda bemorlar haqidagi ma’lumotlar ularning yoshi, jinsiga qarab monitoring qilinadi.

Afzalliklari:

  • qog‘ozdan voz kechiladi;
  • ma’lumotlarning tashqariga chiqib ketishini oldi olinadi;
  • namuna tekshiruvga kelgan kundan, javobi chiqishgacha vaqt qisqaradi;
  • javobni joyiga yetkazish tezlashadi.
Kiritildi: Bugun 10:12. O'qildi: 221 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!