Bugun 19 aprel, 2024 yil, juma

КИР

Yunusoboddagi uydan 5 nafar talabaning jasadi topildi — Bosh prokuratura

Yunusoboddagi uydan 5 nafar talabaning jasadi topildi — Bosh prokuratura

Kecha, 27 fevral kuni Toshkentning Yunusobod tumanidagi xonadonlarning birida 5 nafar talabaning jasadi topildi. Bu haqda Bosh prokuratura Matbuot xizmati xabar berdi.

Soat 20:50 larda Yunusobod tumani, “Firdavsiy” MFY, Injobod ko‘chasidagi uyda ijarada yashab kelgan Toshkent Axborot texnologiyalari universiteti 2-bosqich talabalari M.U., R.S., D.G‘. va Singapur universiteti 2-bosqich talabasi O.I. hamda “Inxa” universiteti 1-bosqich talabasi S.X.ning murdasi noma’lum moddadan o‘tkir zaharlanish alomatlari bilan topilgan.

Hozirda mazkur holat yuzasidan shu kunning o‘zida Yunusobod  tuman prokuraturasi tomonidan JKning 259-moddasi 2-qismi “a” bandi (Yong‘in xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Sud tibbiyot ekspertizasining 27 fevral kungi dastlabki xulosasiga ko‘ra, jablanuvchilarning o‘limi noma’lum moddadan o‘tkir zaharlanish natijasida yuz bergan.

Kiritildi: 12:58 28.02.2021. O'qildi: 14435 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!