Bugun 24 aprel, 2024 yil, chorshanba

КИР

Yunusobodda mojaro: ijara uyiga notanish odamlarni olib keladigan qizga chora ko‘rildi

Yunusobodda mojaro: ijara uyiga notanish odamlarni olib keladigan qizga chora ko‘rildi

Yunusobod tumani “Uchqahramon” mahallasidagi ko‘p qavatli uylardan birining aholisidan tashvishli xabar keldi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB xabar berdi.

Mahalla aholisi pandemiya davrida uyiga muntazam ravishda noma’lum odamlarni olib keladigan qo‘shnisidan shikoyat qilishdi. Tekshiruv davomida Shirin xonadonda ijaraga turishi ma’lum bo‘ldi. Ichki ishlar organlari xodimlari xonadonning egasini chaqirib, ayollar bilan suhbatlashishdi va barcha karantin choralariga qat’iy rioya qilish kerakligi haqida ogohlantirishdi. Uy egasi sud orqali ijara shartnomasini bekor qildirdi va Shirindan xonadonni bo‘shatishni so‘radi. Qiz esa xonadondan chiqib ketishdan bosh tortdi va janjal qildi.

Voqea joyiga xotin-qizlar masalalari bo‘yicha inspektorlar yetib kelib, profilaktik suhbat o‘tkazdilar. Sud qaroriga ko‘ra, Shirin 20-avgustgacha xonadonni bo‘shatishi kerak, u itoat qilmagan taqdirda javobgarlikka tortilishi mumkinligi haqida ogohlantirildi.

Kiritildi: 10:13 10.08.2020. O'qildi: 5060 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!