16 marta kuni taxminan soat 22.30 da Yunusobod tumani Kichik xalqa avtomobil yo‘lida “Lasetti” rusumli avtomobil haydovchisi 36 yoshli Oybek S. piyodani urib yuborgan.
YTH natijasida 59 yoshli Rahim Z. tan shikastlari olgan. Shikastlar sababli u shifoxona hayotdan ko‘z yumdi. Toshkent shahar IIBB marhumning yaqinlariga chuqur ta’ziya izhor etadi.
YTH sababi: haydovchi tartibga solinmagan piyodalar yo‘lakchasidan yo‘lni kesib o‘tayotgan piyodani ko‘rmay qolgan.