Isroil G‘azo sektorida bosqinchilik va qirg‘inbarot urushini boshlaganiga 406 kun bo‘ldi. 24 soat davomida G‘azo sektori, Iordan daryosining G‘arbiy sohili hamda butun Yaqin Sharq hududida sodir bo‘lgan asosiy voqealar.
▪️Bosqinchilar Xon Yunis, Dayr al-Balah, Bayt-Laxiya, Nuseyrat va Jabaliya lagerlariga katta hujumlar uyushtirdi. Urush boshlanganidan buyon 43 736 kishi shahid bo‘ldi, 103 370 kishi jarohatlandi.
▪️YUNRVA: Isroil G‘azo shimoliga gumanitar yordam yetkazish haqidagi barcha so‘rovlarimizni rad etdi. Anklavning bu qismidagi shifoxonalar vayron qilingan, butun shimolda faqat 1 nafar jarroh qolgan.
▪️Livanda ishg‘olchilarning hujumlari natijasida 24 soat ichida 40 kishi halok bo‘ldi, ulardan 12 nafari fuqaro muhofazasi qutqaruvchilari. Bosqinchilar Baalbek shahri yaqinidagi Fuqarolik mudofaasi markaziga to‘g‘ridan-to‘g‘ri zarba berdi.
▪️ "Hizbulloh" Akko shahri shimolidagi Shraga bazasiga, Tel-Avivdagi Tel Xaim razvedka bazasiga, Hayfadagi Eliakim bazasiga raketa hujumi uyushtirdi va Tohir Harfa shahrida bosqinchilar guruhini yo‘q qildi.
▪️Suriya Mudofaa vazirligi: Isroilning Damashq va Qudsaya shahridagi turar-joy binolariga uyushtirgan hujumi natijasida 15 kishi halok bo‘ldi, 16 kishi yaralandi, jumladan ayollar va bolalar.
▪️ Parijda Fransiya va Isroil terma jamoalari o‘rtasidagi futbol o‘yini vaqtida tartibsizliklar boshlandi. Amsterdamda sharmanda bo‘lib mag‘lub bo‘lgan o‘sha «Makkabi» jamoasi endi Parijda ham yutqazdi. Fransuz muxlislari o‘yinga umuman qiziqish bildirmadi.
▪️Isroil xavfsizlik kuchlari yangi yahudiy aholi punkti qurish uchun yerlarni bo‘shatish maqsadida an-Nakb cho‘lidagi arab-badaviylar yashaydigan Umm al-Hiron aholi punktidagi oxirgi bino - masjidni buzib tashladi.