Bugun 23 yanvar, 2026 yil, juma

КИР

YUNISEF va JSST bolalar va o‘smirlar salomatligi bo‘yicha yangi strategiyani tasdiqladi

YUNISEF va JSST bolalar va o‘smirlar salomatligi bo‘yicha yangi strategiyani tasdiqladi

✅ YUNISEF va JSST tomonidan 2026 – 2030 yillarda bolalar hamda o‘smirlar salomatligini ta’minlash bo‘yicha qo‘shma strategiya tasdiqlandi. Ushbu dastur Yevropa va Markaziy Osiyo mamlakatlari uchun mo‘ljallangan.

📌 Bu hujjatning avvalgilaridan farqli jihati, unda faqat natijalarga emas, balki bolalar salomatligi yomonlashuvining sabablarini tizimli aniqlash va bartaraf etishga alohida e’tibor qaratilgan.

📊 Qayd etilishicha, dunyo bo‘yicha birlamchi bo‘g‘in tibbiyot muassasalarida bolalar salomatligini ta’minlashga mas’ul mutaxassislar tanqis. Xususan, 2030 yilga borib, jahon bo‘yicha 18 million nafardan ziyod tibbiyot xodimlari yetishmovchiligi yuzaga kelishi mumkin.

🔎 Beshta ustuvor yo‘nalishni o‘z ichiga olgan strategiyada bu masala yechimiga ham alohida urg‘u berilgan. Shuningdek, ruhiy salomatlik xizmatlarini kuchaytirish, reabilitasiya xizmatlarini rivojlantirish, zo‘ravonlikning oldini olish bilan bog‘liq chora-tadbirlar o‘rin olgan.

🏵 Dasturda bolalar salomatligi uchun xavfli bo‘lgan zararli mahsulotlar reklamaci va targ‘ibotini tartibga solish yuzasidan ham tavsiyalar bor. Qolaversa, o‘g‘il-qizlarni zararli kontentlar ta’siridan himoya qilishga doir ustuvor maqsadlar belgilangan.

➡️ Hujjat orqali maktablarda sog‘lom turmush tarzini shakllantirish, hamshiralar, psixolog va maslahatchilar rolini kuchaytirish, o‘quv dasturlariga salomatlikni saqlash hamda raqamli xavfsizlik bo‘yicha amaliy ko‘nikmalarni kiritish tavsiya etilmoqda.

‼️ Strategiya bolalar va o‘smirlarning fikr hamda ehtiyojlari inobatga olingan holda ishlab chiqilgan va Yevropa va Markaziy Osiyoning barcha davlatlari tomonidan ma’qullangan.

Kiritildi: Bugun 15:05. O'qildi: 186 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!