Bugun 9 may, 2026 yil, shanba

КИР

YUNESKO bilan Markaziy Osiyo muzliklarini himoya qilish borasida hamkorlik o‘rnatildi

YUNESKO bilan Markaziy Osiyo muzliklarini himoya qilish borasida hamkorlik o‘rnatildi

Ostonada bo‘lib o‘tgan Mintaqaviy ekologik sammitda YUNESKO va Gidrometeorologiya ilmiy-tadqiqot instituti hamkorligida Markaziy Osiyo mamlakatlarining iqlim o‘zgarishlariga barqarorligini mustahkamlashga qaratilgan yirik mintaqaviy loyiha rasman ishga tushirildi.

“Markaziy Osiyo mamlakatlarining barqarorligini mustahkamlash maqsadida nival-glasial tizimlarini baholashda mintaqaviy hamkorlikni rivojlantirish va iqlim o‘zgarishlariga moslashishning kompleks usullarini ishlab chiqish” nomli ushbu loyiha Markaziy Osiyoning besh davlati: Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston va O‘zbekistonni bir nuqtaga birlashtiradi.

Loyiha Global ekologik fond, BMT Taraqqiyot dasturi va YUNESKO hamkorligida amalga oshiriladi va quyidagi 5 ta asosiy yo‘nalishni qamrab oladi:

— muzliklar, qor qoplami va abadiy muzlik to‘g‘risidagi yagona ma’lumotlar bazasini shakllantirish;
— milliy va mintaqaviy harakat rejalarini ishlab chiqish;
— kriosferani kuzatishning zamonaviy usullarini joriy etish;
— suv resurslarini boshqarishda yangi texnologiyalarni sinab ko‘rish;
— aholi va mas’ullarni iqlim xavflari haqida xabardor qilish.

Gidrometeorologiya ilmiy-tadqiqot institutining loyihaga qo‘shilishi O‘zbekistonning ushbu jarayondagi ilmiy salohiyatini yanada mustahkamlaydi. Institut 30 dan ortiq milliy hamkorlar, tadqiqot muassasalari, vazirliklar va agentliklar qatorida faol ishtirok etadi.

Mutaxassislarning ta’kidlashicha, Markaziy Osiyo muzliklari so‘nggi o‘n yilliklarda keskin qisqarib bormoqda. Bu holat mintaqaning suv xavfsizligiga, qishloq xo‘jaligi va ekotizimlarga jiddiy tahdid solmoqda. Loyiha doirasida tayyorlanadigan ilmiy hisobotlar va tavsiyalar mamlakatlarning iqlim o‘zgarishlariga moslashish siyosatini shakllantirishda muhim asos bo‘lib xizmat qilishi kutilmoqda.

Loyiha haqida batafsil ma’lumotni cryosphereca.org saytida topishingiz mumkin.

Kiritildi: Bugun 11:08. O'qildi: 229 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!