Davlat Dumasining MDH ishlari bo‘yicha qo‘mitasi raisining o‘rinbosari Konstantin Zatulin, agar Nikol Pashinyan g‘alaba qozonsa, Rossiya Armanistondagi parlament saylovlari natijalarini tan olmasligi kerakligini aytdi.
Zatulinning so‘zlariga ko‘ra, Pashinyan "Rossiyaning mutlaq dushmani" bo‘lib, u hokimiyat tepasiga kelishidan oldin ham Armanistonning KXSHT va Yevroosiyo Ittifoqidan chiqishini, shuningdek, Rossiya harbiy bazasining Gyumridan olib chiqilishini qo‘llab-quvvatlagan.
"Biz o‘zimizni vaziyat yaxshilanishiga, u hech qayerga ketmasligiga ishontirishga yo‘l qo‘ydik. Lekin u bizdan foydalandi", dedi rossiyalik deputat.
U shuningdek, 2022 yildan keyin Pashinyan go‘yoki "niqobini tushirib yuborganini" va G‘arb bilan yaqinlashish yo‘lini yanada faolroq davom ettira boshlaganini da’vo qilmoqda.