AQSh prezidenti Donald Tramp 2026 yil 8 mayni Ikkinchi jahon urushidagi G‘alaba kuni deb e’lon qildi.
Oq uyning rasmiy bayonotida ta’kidlanishicha, bu sana Amerika va ittifoqchilarning Yevropada “zulm va yovuzlik ustidan qozongan buyuk g‘alabasi” ramzi hisoblanadi.
Bayonotda 1945 yil 8 may kuni fashistik Germaniya mag‘lub bo‘lgani va bu voqea “ozodlik tarixida hal qiluvchi burilish nuqtasi” bo‘lgani qayd etilgan.
Donald Tramp AQSh harbiylarining qahramonligini alohida ta’kidlab, nasizmga qarshi urushda 250 mingdan ortiq amerikalik halok bo‘lganini eslatdi.