Bugun 8 may, 2026 yil, juma

КИР

Eron neft tankerini qo‘lga oldi

Eron neft tankerini qo‘lga oldi

Eron dengiz floti Ocean Koi neft tankerini musodara qildi.

Bu haqda Eron ommaviy axborot vositalari xabar bermoqda.

Tanker "Eron manfaatlariga zarar yetkazilishining" oldini olish uchun o‘tkazilgan maxsus operasiya davomida musodara qilingan.

Eron ommaviy axborot vositalari qo‘shimcha ma’lumot bermadi.

Marine Traffic ma’lumotlariga ko‘ra, Barbados bayrog‘i ostidagi Ocean Koi tankeri oxirgi marta Ummon ko‘rfazida ko‘rilgan.

Kiritildi: Bugun 15:31. O'qildi: 583 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!