Bugun 16 dekabr, 2025 yil, seshanba

КИР

Yulduz Usmonovaning eri Mansur Agaliyev Turkiyadagi qiyinchiliklari haqida gapirdi (+video)

A A A
Yulduz Usmonovaning eri Mansur Agaliyev Turkiyadagi qiyinchiliklari haqida gapirdi (+video)

Yulduz Usmonovaning prodyuseri, turmush o‘rtog‘i Mansur Agaliyev «Daryo» internet-nashriga eksklyuziv intervyu berdi. Intervyuni «Daryo» muxbiri Feruz Muhammad tashkillashtirdi.

Mansur Agaliyev suhbat davomida Yulduz Usmonova bilan Turkiyada yashagan vaqtlaridagi qiyinchiliklar haqida so‘zlab berdi.

Iqtisodiy muammolar bo‘lgan, hech balomiz qolmagan. Juda qiyin paytlar bo‘lgan. Turkiyaga borganimizda 20 kuncha mehmonxonada yashaganmiz. Keyin menejerga pul berish kerak, unga pul berish kerak, bunga pul berish kerak, xullas, pul tugadi.

Do‘konlarimdan u yerga har kuni pul borardi. Bir muammo sabab Toshkentdagi 12 ta do‘konimni bosishgan. Keyin Turkiya bozoridan Rossiyaga yana boshqa joylarga mol jo‘natib tirikchilik qilganman. Katta qiyinchiliklardan chiqqanmiz. Juda katta summa ketgan

Turkiyani san’at bilan olish juda katta masala. Yulduz Usmonovani Turkiyada qo‘shiqlarini juda ko‘p odam bilardi. Misol uchun, «Dunyoda o‘limdan boshqasi yolg‘on» degan qo‘shiqni aytgan desak, bo‘ldi, ko‘pchilik tanirdi, lekin o‘zini ko‘rishmagan.

Avvalo o‘zi aytgan qo‘shiqlarini turkchaga o‘zgartirib, shu bilan tanitib oldik. Turkiyada katta-katta telekanallarning xit paradida uch oylab birinchi o‘rinda turdik. Katta-katta san’atkorlar Yulduz Usmonovani ko‘rib, qo‘shiqlar berishini iltimos qilishardi.

Yulduz Usmonova Turkiyada juda katta, yaxshi natijalarga chiqib, u yerda shu darajamizni saqlab, keyin chekinganmiz. Sababi u yerda shu darajasini saqlab qolishi kerak edi. Bir paytlar Yulduz Turkiya shou-biznesida bor edi emas, u bor, degan fikr bilan qaytganmiz, deydi Mansur Agaliyev.

Kiritildi: 13:08 26.03.2021. O'qildi: 24207 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!