Bugun 10 iyun, 2026 yil, chorshanba

КИР

Yo‘l-transport hodisasi yuz bergan joydan ketib qolganlik uchun javobgarlik mavjudmi?

A A A
Yo‘l-transport hodisasi yuz bergan joydan ketib qolganlik uchun javobgarlik mavjudmi?

Savol: Kecha ishxonamdagi hamkasbim bilan uning Jentra rusumli avtomashinasida tushlikdan qaytayotganimizda yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. Biz bilan bir yo‘lda yonma-yon harakatlanayotgan Neksiya avtomashinasi haydovchisi belgilangan qoidalarni buzgan holda, hamkasbimning avtomashinasiga ancha miqdorda zarar yetkazib, harakatda davom etib, hodisa yuz bergan joydan ketib qoldi. Haydovchi yo‘l-transport hodisasi yuz bergan joydan ketib qolganligi uchun qonunda javobgarlik belgilanganmi?

Ismi va manzili sir tutildi

Savolga Oliy sud bosh konsultanti Akrom Aripov javob berdi:

Albatta, yo‘l-transport hodisasi yuz bergan joydan ketib qolganligi uchun qonunda javobgarlik belgilangan. Amaldagi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 137 – moddasi talabiga ko‘ra, yo‘l-transport hodisasi qatnashchilarining belgilangan qoidalarni buzgan holda hodisa yuz bergan joydan ketib qolishi, — bazaviy hisoblash miqdorining o‘n besh baravari miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi.

Shuningdek, yo‘l-transport hodisasi qatnashchilarining belgilangan qoidalarni buzgan holda hodisa yuz bergan joydan ketib qolishi, agar ushbu yo‘l-transport hodisasi jabrlanuvchiga yengil tan jarohati yoki ancha miqdorda moddiy zarar yetkazilishiga olib kelgan bo‘lsa, — bazaviy hisoblash miqdorining o‘ttiz baravari miqdorida jarima solishga yoki transport vositalarini boshqarish huquqidan bir yil muddatga mahrum etishga yoxud o‘n besh sutkagacha muddatga ma’muriy qamoqqa olishga sabab bo‘ladi.

Kiritildi: 09:43 17.01.2023. O'qildi: 5399 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!