Bugun 23 may, 2025 yil, juma

КИР

Yo‘l transport hodisasi oqibatida vafot etgan shaxsning qarindoshiga 100 mln. so‘m zarar undirildi

Yo‘l transport hodisasi oqibatida vafot etgan shaxsning qarindoshiga 100 mln. so‘m zarar undirildi

Sudlanuvchi O.SH. “Aral yo‘l qurilish” MCHJda xaydovchi lavozimida ishlab yo‘l qurish ishlarini bajarayotgan vaqtda fuqaro J.A.ga extiyotsizlik oqibatida og‘ir tan jarohatini yetkazgan bo‘lib, jabrlanuvchi J.A. olingan tan jarohatlari natijasida vafot etgan holati yuzasidan sudlanuvchiga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, ish sudga yuborilgan.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Nukus shahar sudining 12.12.2024-yildagi hukmiga asosan sudlangan O.SH. O‘zbekiston Respublikasi JKning 257-moddasi 2-qismi “a” bandida ko‘rsatilgan jinoyatni sodir etgan deb topilib, undan jabrlanuvchining qonuniy vakili S.B. foydasiga 100 000 000 so‘m miqdordagi zarar pullarini undirish belgilangan.

Ushbu hukm bo‘yicha chiqarilgan ijro varaqa Majburiy ijro byurosi Shumanay tuman bo‘limi ish yurituviga kelib tushib, bo‘lim davlat ijrochilari tomonidan ijro harakatlariga kirishilgan.
Jumladan, qarzdorga ijro hujjati mazmuni tushuntirilib, uning talabini bajarmaslik oqibatlari haqida ogohlantirish berilgan.

Shunda qarzdor to‘lanishi lozim bo‘lgan 100 mln. so‘m qarzdorlikni joriy yilning 13-may kuni ixtiyoriy ravishda to‘lab bergan.
Oqibatda sud qarori ijrosi amalda ta’minlanishiga erishilgan.

Kiritildi: 09:33 22.05.2025. O'qildi: 583 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!