Bugun 28 oktyabr, 2024 yil, dushanba

КИР

Yo‘l belgisini o‘g‘irlagan CHL hakamlari 2025 yilning yarmigacha chetlatildi

Yo‘l belgisini o‘g‘irlagan CHL hakamlari 2025 yilning yarmigacha chetlatildi

Mast holatdagi ishlari uchun polshalik hakamlar UYEFA tomonidan jazolanishdi.

Eslatib o‘tamiz, 6 avgust kuni Bartosh Frankovski va Tomash Musyal Chempionlar ligasi o‘yinidan avval mast holatda yo‘l belgisini o‘g‘irlashgan. Polsha futbol ittifoqi ularni bir yilga chetlatgan edi.

Juma kuni UYEFA intizom qo‘mitasi ikkala hakamni "o‘zini tutish asosiy qoidalari"ni buzishda aybdor deb topdi.

Chempionlar ligasi va Yevropa ligasi o‘yinlarida muntazam ishlab kelgan referilar Frankovski va Musyal o‘z harakatlar uchun kechirim so‘rashdi.

Ular 2025 yilning 30 iyunigacha UYEFA turnirlarida ishlay olishmaydi.

Kiritildi: 21:33 26.10.2024. O'qildi: 1300 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!