Bugun 3 may, 2024 yil, juma

КИР

YPX xodimini mashinasida sudrab ketgan haydovchi qamaldi

YPX xodimini mashinasida sudrab ketgan haydovchi qamaldi

Qo‘qon shahrining Farobiy ko‘chasida xizmat olib borayotgan YPX xodimi «to‘xtash taqiqlanadi» belgisi bor joyga qo‘yib ketilgan «Neksiya-2» rusumli avtomashina haydovchisidan hujjatlarini so‘rab, sodir etgan qoidabuzarligi uchun ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirmoqchi bo‘lganida haydovchi xodimga faol qarshilik ko‘rsatib, uni avtomashinasida sudrab ketadi. Taxminan 50-100 metrlar masofaga sudrab borgach, xodim yerga yiqilib, tan jarohati oladi.

Mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, to‘plangan materiallar haydovchiga nisbatan qonuniy chora ko‘rish uchun jinoyat ishlari bo‘yicha Qo‘qon shahar sudiga taqdim etilgan edi. 

Sud jinoyat materiallarini atroflicha ko‘rib chiqib, haydovchiga nisbatan bir yilu olti oy muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlashga qaror qildi va hukm chiqardi.

Kiritildi: 19:09 04.03.2021. O'qildi: 2937 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!