MrBeast nomi bilan tanilgan Jimmi Donaldson 27 yoshida milliarder maqomiga erishib, dunyodagi eng yosh self-made (o‘z kuchi bilan muvaffaqiyat, boylik va shon-shuhratga erishgan) milliarderga aylandi.
Uning boyligi 1 milliard dollarga baholanmoqda, oylik daromadi esa taxminan 50 million dollarni tashkil etadi. U o‘z karerasini YouTube’da boshlagan, u yerda 2017 yilda 44 soat davomida 100 000 gacha sanagan videosi tufayli mashhur bo‘lgan — bu rolik 31 milliondan ortiq ko‘rilgan.
YouTube’dagi kanalidan tashqari, MrBeast Feastables brendi, Beast Games shousi va merch liniyasi kabi loyihalarini rivojlantirmoqda. Shuningdek, Amazon bilan striming sohasida hamkorlik qilishni rejalashtirilgan. 2024 yilda Forbes uning daromadini 85 million dollarga baholagan, ammo MrBeast Burgers loyihasi bo‘yicha sud ma’lumotlari shuni ko‘rsatdiki, u 2023 yilda 223 mi