“Yoshlar siyosati va sport vazirligining stipendiyasi” joriy etiladi.
Prezident qaroriga ko‘ra, 2023 yil 1 iyuldan “Yoshlar siyosati va sport vazirligining stipendiyasi” joriy etiladi. Bunda:
🔸stipendiya miqdori mehnatga haq to‘lash eng kam miqdorining 3 baravariga (2 760 000 so‘m) teng bo‘ladi;
🔸mazkur stipendiya tayinlangan sportchilarga prezidentning tegishli qarorida belgilangan tartibda o‘zini o‘zi band qilish huquqi beriladi.