Bugun 13 avgust, 2025 yil, chorshanba

КИР

"Yoshlar daftari"ga kirganlarning "prava"ga o‘qish puli to‘lab beriladi

A A A
"Yoshlar daftari"ga kirganlarning "prava"ga o‘qish puli to‘lab beriladi

◼️ Qonunchilikka ko‘ra, daftardagi yoshlarning avtomaktabda o‘qish xarajatlari qoplanadi. Bu miqdor — BHMning 4 baravarigacha, 1 mln 320 ming so‘mgachani tashkil qiladi.

Buning uchun avtomaktabda o‘qishni istagan yoshlar tuman (shahar) yoshlar ishlari bo‘limiga ariza hamda o‘quv kursi shartnomasi nusxasini beradi.

Shartnomada ta’lim tashkiloti nomi, STIR, o‘quv kursi yoki kasb-hunar nomi, bir oylik to‘lov miqdori va umumiy muddat ko‘rsatilgan bo‘lishi lozim.

O‘qish pulini qoplab berish-bermaslik haqida o‘rtacha 8 kun ichida javob beriladi.

Kiritildi: 11:05 14.09.2023. O'qildi: 2074 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!