Qatarda o‘tayotgan og‘ir atletika bo‘yicha o‘smirlar va yoshlar o‘rtasidagi Osiyo chempionati O‘zbekiston terma jamoasi uchun muvaffaqiyatli boshlandi. Hamyurtlarimiz ortda qolgan kun 3 ta oltin, 2 ta kumush va 1 ta bronza medallariga sazovor bo‘lishdi. Barcha medallarga -59 kg vazn toifasida ishtirok etgan qizlarimiz mualliflik qilishdi. Batafsil:
🥇 Oltin medal:
-59 kg: Marjona Abdullayeva (o‘smirlar, dast ko‘tarish)
-59 kg: Marjona Abdullayeva (o‘smirlar, siltab ko‘tarish)
-59 kg: Marjona Abdullayeva (o‘smirlar, ikki kurash)
🥈 Kumush medal:
-59 kg: Nigora Abdullayeva (yoshlar, dast ko‘tarish)
-59 kg: Nigora Abdullayeva (yoshlar, ikki kurash)
🥉 Bronza medal:
-59 kg: Nigora Abdullayeva (yoshlar, siltab ko‘tarish)