Bugun 17 noyabr, 2026 yil, seshanba

КИР

Yosh fermer raqibasining qo‘lini sindirib, o‘zi hushidan ketdi

A A A
Yosh fermer raqibasining qo‘lini sindirib, o‘zi hushidan ketdi

Buyuk Britaniyada armrestling bo‘yicha musobaqa chog‘ida qatnashchilardan biri raqibasining qo‘lini sindirib qo‘ydi va qilib qo‘ygan ishidan ta’sirlanib, hushdan ketdi..

Mazkur hodisa Yertington qishlog‘ida, yosh fermerlar musobaqasida sodir bo‘lgan. Jang chog‘ida 20 yoshli qatnashchi qo‘l sinish jarohatini oldi. Uning raqibasi bu holatga chiday olmasdan hushdan ketdi va tez tibbiy yordam chaqirishga to‘g‘ri keldi.

Voqea joyiga yetib kelgan feldsher Endryu Dikinson «qo‘l sinishi murakkab bo‘lganligini, bundan qiz qattiq aziyat chekkan»ini aytib o‘tgan. Jarohatlanganlarni yaqinroqdagi shifoxonaga yetkazishdi.

Yosh fermerlar Klubining boshqa musobaqalari hartugul syurprizlarsiz o‘tdi. Arqon tortish, qo‘y junini kim ko‘proq olish, eng yaxshi gulchi va raqs musobaqalarida ishtirok etgan 600 nafar insonning hech biri zararlanmadi.

 

Kiritildi: 12:41 29.05.2018. O'qildi: 1327 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik