Jinoyatchi Isroil G‘azo janubida kamida yana olti nafar yordam so‘rovchini otib o‘ldirdi. Bu voqea G‘azodagi bahs-munozarali Gumanitar jamg‘arma boshqarayotgan yordam punktiga shoshilayotgan olomonga askarlar o‘t ochib, uch kishini o‘ldirganidan bir kun o‘tib sodir bo‘ldi.
Isroil Bosh vaziri Netanyahu G‘azoga berilgan zarba HAMAS yetakchisi Muhammad Sinvarni o‘ldirganini ta’kidlamoqda, Falastin guruhi esa hozircha bu haqda izoh bermadi.
Bugun Isroilning G‘azoga uyushtirgan hujumlari natijasida 43 kishi halok bo‘ldi. Ulardan sakkiz nafari shimoliy sektorda G‘azolik jurnalist Usama al-Arbidning uyiga qilingan hujumda halok bo‘ldi.
G‘azo Sog‘liqni saqlash vazirligining ma’lumotiga ko‘ra, Isroilning G‘azoga qarshi urushi oqibatida kamida 54 084 falastinlik halok bo‘lgan, 123 308 nafari esa yaralangan. Hukumat matbuot xizmati vayronalar ostida bedarak yo‘qolgan minglab odamlar halok bo‘lgani taxmin qilinayotganini aytib, qurbonlar sonini 61 700 dan oshganini ma’lum qildi.